Mavlud

Ginen Wikipedia
Ta'yuki guatu: nabegasion, aligao

Mavlud har 25-dekabr kuni Isoning tugʻilgan kuni sharafiga nishonlanadigan bayramdir. Xristianlarda bu bayram Tugʻilish Bayrami yoki Muborak Tugʻilish deb bilinadi.

Mavlud, har yili dunyoning birqancha xristian davlatlari tarafidan 25-dekabr kuni boshlab 26-dekabr oqshomigacha nishonlanadi. 24-dekabr kunini esa Mavlud Arafasi deb atashadi. Birqancha davlatlarda esa Mavlud taʼtili Yangi yil taʼtili bilan birlashtiriladi va bir necha kun taʼtil qilinadi. Pravoslav mazhabi esa bu bayramni Julian taqvimiga ko'ra nishonlaydi. Yulian taqvimida 25-dekabr 7-yanvarga teng keladi.

Mavlud Bayramida koʻpgina xristian oilalari archa daraxtini turli tuman chiroqlar, zarlar va oʻyinchoqlar bilan bezatadilar. Har yili Mavlud bayramidan oldin oilaning bolalari Santa Klausdan oʻzlari xohlagan sovgʻani olib kelishini tilab xat yozadilar. Ota-onalar uyda yasatilgan archa daraxtining tagiga bolalari uchun ular istagan sovgʻalarni qoʻyadilar. Bolalar esa u sovgʻalarni ular uhlayotgan vaqt Santa Klaus qoʻyib ketganiga ishonadilar.

Mavlud bayramida xristian oilalarida Mavlud yeguliklari pishiriladi. Xristian davlatlarining hammasida bu yeguliklari birbiridan farqli. Lekin ko'pincha Mavludda kurka pishiriladi. Dasturxon ustiga omela daraxtining yaproqlari toʻkiladi. Ovqatdan keyin Mavlud pudingi deb nomlangan shirinlik tortiladi.